O‘zbekiston | 07:35 / 17.11.2022
2413
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risida shartnoma imzolandi
O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Vetnamga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Vetnam bosh prokurori Le Min Chi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Konstruktiv muloqot davomida tomonlar ikki davlat nazorat organlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha ikki davlat vakolatli organlari jinoyat protsessi doirasida huquqiy hamkorlikni amalga oshirish imkonini beradigan O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Mavzuga oid
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024
Rossiyada og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi
09:34 / 05.08.2024
Viyetnam prezidenti To Lam Kompartiya Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi
15:43 / 03.08.2024