Zelenskiy: 10 milliondan ortiq ukrainalikda elektr energiyasi yo‘q
17 noyabr holatiga ko‘ra 10 milliondan ortiq ukrainalikda elektr energiyasi yo‘q. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy vatandoshlariga kechki videomurojaatida xabar berdi.
Eng jiddiy holat Vinnitsa, Odessa, Sumi viloyatlari va Kiyevda kuzatilayotgani ma’lum qilindi.
Mamlakatda rejalashtirilganidan tashqari yana favqulodda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar sodir bo‘lmoqda, dedi davlat rahbari.
17 noyabr kuni Rossiya qo‘shinlari qo‘shni mamlakatdagi muhim infratuzilmaga yangi yirik zarbalar berdi.
Bundan oldin Zelenskiy millionlab ukrainaliklar elektr energiyasiz qolganini aytgandi.
«Mamlakatimizning ko‘plab shahar va viloyatlarida elektr energiyasida yana favqulodda uzilishlar sodir bo‘ldi. O‘n millionga yaqin ukrainaliklar elektr energiyasidan mahrum. Eng ko‘pi - shu daqiqada - Xarkiv viloyati, Jitomir viloyati, Kiyev viloyati va Lvov viloyatida», - dedi u.
Mavzuga oid
08:00 / 08.10.2024
Elektr energiyasi uchun kiritilgan 200 kilovattlik norma oshirilishi kutilmayapti
18:08 / 20.09.2024
Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi
15:00 / 07.09.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
08:35 / 04.09.2024