O‘zbekiston | 10:23 / 19.11.2022
14502
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, mashina daraxtga borib urilgan.

Foto: Jizzax viloyati IIB

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Do‘stlik tumani “Oltin vodiy” MFY hududidan o‘tgan yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

G‘allaorol tumani Korizquduq mahallasida yashovchi fuqaro Nexia mashinasi bilan Oltin vodiy-Do‘stlik yo‘nalishida harakatlanib ketayotganda boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘l chekkasidagi daraxtga urilgan.

Oqibatda, haydovchi tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Do‘stlik tumanida Toshkentda yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lada Vesta va Mirzacho‘l tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “VAZ-2102” mashinasi o‘zaro to‘qnashgan va oqibatda uch kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid