O‘zbekiston | 10:28 / 20.11.2022
10907
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda Telegram’da qiz bola nomidan sahifa ochib tovlamachilik qilgan yigit ushlandi

Telegram’da qiz bola nomidan sahifa ochgan yigit o‘zganing fotosuratlarini qo‘lga kiritgan va ularni internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, jabrlanuvchidan 15 million pul talab qilgan.

Foto: Global Look Press/Thomas Trutschel

Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, viloyat IIBga 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro O.Sh. ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga nisbatan tovlamachilik qilayotgan qizga chora ko‘rishni so‘ragan.

U arizasiga ko‘ra, Telegram’dagi tanishuv guruhlarida "Charos" ismli qiz bilan tanishib, keyinchalik u bilan yaqin munosabatda bo‘lib, dugona kirishgan. "Charos"ga boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan fotosuratlarini jo‘natgan.

Shundan so‘ng "Charos" u yuborgan rasmlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitib, fuqarodan 15 million so‘m berishni talab qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, o‘zini "Charos" deb tanishtirgan foydalanuvchi aslida yigit bo‘lib, u muqaddam Jinoyat kodeksining 166-modda 2-qismi bilan sudlangan, Sirdaryo tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan T.B. ekani aniqlangan.

Qayd etilishicha, T.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Telegram’da qiz bola nomidan sahifa ochib tovlamachilik qilgan yigit ushlangandi.

Mavzuga oid