Onkologiya markazi poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallari bilan yagona kompleksga birlashtirilmoqda
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Shifokorlar ko‘chasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi birlashgan kompleksi barpo etilmoqda.
SSV matbuot xizmati birlashgan markazga qaysi muassasalar kirishi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Yangi kompleks tarkibiga:
- Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Toshkent sh. Farobiy ko‘chasi, 383-uy);
- markazning poytaxt filiali (Toshkent sh. Bog‘iston ko‘chasi, 1/71-uy);
- markazning Toshkent viloyati filiali (Toshkent sh. Taxtapul darvoza ko‘chasi, 341-uy) kiradi.
Bu yerda Toshkent shahri va viloyati fuqarolari uchun tibbiy yo‘llanmasiz, boshqa hududlardan kelgan bemorlar uchun yo‘llanma asosida bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.
Necha o‘ringa mo‘ljallangan?
Bino — 8 qavat;
statsionar — 650 o‘rinli;
kunduzgi statsionar — 100 o‘rinli;
poliklinika — 500 qatnovga mo‘ljallangan.
Qanday klinik bo‘limlar ish boshlaydi?
17 ta yangi klinik bo‘lim faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, O‘zbekistonda ilk bor suyak ko‘migi transplantatsiyasi bo‘limi ochiladi.
Qanday texnologiyalar o‘rnatiladi?
Onkologiya tizimini, jumladan, ushbu kompleksni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlashga 80 million dollar mablag‘ ajratilmoqda.
Markazda 16 ta reanimatsion va operatsion xonalar eng so‘nggi texnologiyalar bilan ta’minlanadi.
Intensiv terapiya bo‘limi yurak monitorlari, o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalari va boshqalar bilan jihozlangan konsolli funksional yotoqlarga ega bo‘ladi.
Turli tibbiyot muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 5 ta onkologiya kafedrasi birlashib, yagona metodik markazga aylanadi. Ilk bor yadro tibbiyoti kafedrasi tashkil etiladi.
Kompleksda 9 ta bunkerdan iborat radioterapiya arsenali ishga tushiriladi. Birida to‘xtalishlar yuz bergan taqdirda ham boshqalari uning o‘rnini to‘ldirishi natijasida davo muolajasi uzluksizligi ta’minlanadi.
Bemorlar uchun dori-darmon tayyorlash va yetkazishning yangicha tizimi amaliyotga tatbiq etiladi.
Qanday mutaxassislar faoliyat yuritadi?
Muassasa ishga tushgunga qadar 100 nafardan mutaxassis Koreya Respublikasi va Turkiyada malaka oshiradi.
Boshqaruv jarayoniga turk va koreys mutaxassislari tavsiyalari va tajribasi asosida zamonaviy menejment tizimi joriy etiladi.
Qachon ishga tushadi?
Yangi kompleks 2023 yilning may oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.
Shifoxonalarning eski hududlari yangi kompleksni qurish xarajatlarini qoplash uchun E-auksion elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga qo‘yiladi.
Yangi kompleks ishga tushganidan so‘ng ikki oy davomida muassasalardagi bemorlar va zarur uskunalarni ko‘chirish ishlari olib boriladi. Sotuv auksionida g‘olib bo‘lgan tadbirkorga yangi kompleksga ko‘chish ishlari to‘liq amalga oshmaguncha ikki oygacha bu yerda hech qanday qurilish ishlarini amalga oshirmaslik majburiyati yuklanadi.
Mavzuga oid
21:26 / 06.12.2024
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 7 dekabr kuni avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanadi
16:52 / 02.10.2024
Toshkentda maktab o‘quvchisi ustiga futbol maydonidagi darvoza qulashi tufayli vafot etdi
19:06 / 29.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Respublika onkologiya markazining yangi majmuasi bilan tanishdi
15:51 / 12.08.2024