ANOR «Biznes ko‘mak»
«Avval pul, keyin mahsulot»: ANORBANKʼning yangi «Biznes ko‘mak» xizmati qanday qilib o‘z vaqtida qarzini to‘lamaydigan xaridorlar muammosini hal qiladi
Yangi xizmat bilan xaridorlar foizsiz muddatli to‘lov imkoniyatiga ega bo‘lishadi, distribyutor va ishlab chiqaruvchilar esa sotilgan tovar summasini bir zumda olishadi.
To‘lovni cho‘zadigan xaridorlar tomonidan bir necha marta “kuygan” ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar va ulgurji sotuvchilar «Avval pul, keyin mahsulot» shiori ostida o‘z mahsulotlarini sotishga majbur bo‘ladilar. Mahsulotni qarzga olgach, mijoz ko‘p vajlar keltirib, tovarni belgilangan vaqtda to‘lashiga ishontiradi, pul yo‘q deya shikoyat qiladi va pul kelishi bilan u albatta to‘lashini ta’kidlaydi.
Ishlab chiqaruvchi yoki distribyutor, o‘z navbatida, ishonchsiz mijozga rad javobini berishi mumkin, lekin hech kim sotuv rejasini bekor qilmagan, shuning uchun, u ikki o‘t orasida qoladi – yuqori xatarli konsignatsiya yoki sotuvning bekor bo‘lishi natijasida kompaniyaning daromadi pasayib boradi.
ANORBANKʼning yangi “Biznes ko‘mak” mahsuloti esa ushbu muammoga yechim taklif qiladi.
“Biznes ko‘mak” bilan ishlab chiqaruvchi yoki distribyutor o‘z xaridoriga mahsulotni jo‘natadi, ANORBANK esa xaridor o‘rniga ishlab chiqaruvchi yoki distribyutorga bank komissiyasini hisobga olmagan holda 100% to‘lovni amalga oshirib beradi. Shunda xaridor bankka 1-6 oy ichida mahsulot summasini bir tiyin ham ortiqcha to‘lamasdan bo‘lib- bo‘lib qaytaradi.
Mijozlarining mahsulot uchun darhol to‘lov amalga oshirish imkoniyati yo‘qligi yoki ularning biznes yuritish modeli sabab muammoga duch kelayotgan ishlab chiqarish, tarqatish, dilerlik kompaniyalari vakillari xizmatga yuqori qiziqish bildirishmoqda.
Ikki xil variantni ko‘rib chiqamiz:
“Biznes ko‘mak” bilan
“Biznes ko‘mak”siz
“ANORBANK – masofadan turib bank xizmatlarini taqdim etuvchi birinchi mahalliy raqamli bank. Bizning vazifamiz - mijozlarimizga raqamli bankingning barcha qulayliklarini taqdim etishdir. Bankimizning B2B segmentidagi mijozlar soni 2021 yilga nisbatan 2,3 barobarga oshdi. Bu o‘sish mijozlarga xizmatlarimiz ma’qul kelishi, ayniqsa masofaviy banking xizmatlarimiz va mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarining qulayliklari bilan bog‘liq.
Umid qilamizki, yangi “Biznes ko‘mak” mahsulotimiz ham ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar, shuningdek, xaridorlarning mahsulot yetkazib berishni moliyalashtirish borasidagi bosh og‘rig‘ini yechishga va o‘z urinishlarini muhimroq biznes vazifalariga yo‘naltirishga yordam beradi”.
Bank raisining birinchi o‘rinbosari Najmitdinov Elyor Rustamovich
Batafsil ma’lumot 1290 raqami yoki https://www.anorbank.uz/business/ sayti orqali
ANORBANK “Biznes ko‘mak” – erkin yasha!
Reklama
Mavzuga oid
17:00 / 01.05.2024
ANORBANK va XSRIK O‘zbekistonda birinchi Islom bankini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:36 / 07.12.2023
ANORBANK va eMaktab: ustozlar, maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari uchun yirik loyiha
09:08 / 01.10.2023
ANORBANK Kundalik bilan birgalikda maxsus loyihaga start bermoqda
16:55 / 05.09.2023