JCh-2022. Ronaldu rekord qayd etgan bahsda Portugaliya Gana ustidan qiyin g‘alabaga erishdi
Qatarda davom etayotgan JCh-2022 H guruhi 1-turi doirasida Portugaliya milliy jamoasi Ganaga qarshi maydonga tushdi.
«Stadium 974»da kechgan bahs turnirning eng qiziqarli o‘yinlaridan biriga aylandi. O‘yindagi hisob 65-daqiqada ochildi. Ronaldu ganalik himoyachi bilan kurashda penalti ishlab, 11 metrlik jarima zarbasidan aniq foydalandi – 1:0. Ushbu gol orqali Krishtianu 5ta jahon chempionatida gol kiritgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylanib, rekord qayd etdi.
Portugallarning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi, 73-daqiqada Quddusning uzatmasini Ayyu golga aylantirdi – 1:1.
Oradan besh daqiqa o‘tib Brununing dastlabki uzatmasidan Felish aniq foydalanib, stadionni larzaga keltirgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushgan Leau ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas, Fernandeshning ikkinchi assistini golga aylantirdi – 3:1.
Zaxiradan maydonga tushgan Buxoriy 89-daqiqada o‘z goli bilan intrigani qaytardi – 3:2. Jami 100 daqiqa davom etgan o‘yin yakunigacha portugallar qiyinchilik bilan g‘alabani saqlab qolishdi.
Shu tariqa, Portugaliya 3 ochko bilan H guruhida 1-o‘ringa ko‘tarildi, Janubiy Koreya va Urugvayda 1 ochkodan bo‘lsa, Gana so‘nggi o‘ringa tushdi.
JCh-2022. H guruhi. 1-tur
Portugaliya – Gana 3:2
Gollar: 1:0 – 65, penalti Ronaldu, 1:1 – 73 Ayyu, 2:1 – 78 Joau Feliks, 3:1 – 80 Rafael Leau, 3:2 – 89 Buxoriy.
Portugaliya – Diogu Koshta, Joau Kanselu, Danilu Pereyra, Ruben Diash, Gerreyru, Otavio (Vilyam Karvalyu, 56), Bernardu Silva (Palinya, 88), Ruben Nevesh (Rafael Leau, 77), Brunu Fernandesh, Ronaldu (Gonsalu Ramush, 88), Joau Feliks (Joau Mariu, 88).
Gana – Ati-Ziji, Seydu (Lempti, 66), Jiku (Semeno, 90), Amarti, Salisu, Baba, Parti, Kudus (Buxoriy, 77), Abdul-Samed (Kere, 90), Ayyu (Ayyu, 77), Uilyams.
Ogohlantirishlar: Quddus (45), Ayyu (49), Seydu (57), Uilyams (90), Danilu Pereyra (90), Brunu Fernandesh (90).
Mavzuga oid
20:39 / 12.10.2024
Portugaliya parlamenti siyosiy boshpana oluvchilar uchun gumanitar viza berishni ma’qulladi
15:30 / 12.10.2024
Portugaliyada Gotbit kriptokompaniyasining rossiyalik rahbari ushlandi
23:46 / 18.09.2024
Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
23:33 / 16.09.2024