OAV: AQSh Rossiyaning kimyoviy qurol ishlatishi mumkinligidan xavotirda
Vashington Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushda kimyoviy qurol qo‘llash ehtimolini jiddiy qabul qilmoqda. Bu haqda Oq uyning bir necha vakillariga tayanib Politico xabar berdi.
Bayden ma’muriyatining fikricha, Putin yadroviy quroldan ko‘ra kimyoviy qurolga murojaat qilishi mumkin, shuning uchun Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilar bilan bunday ssenariyga tayyorgarlik ko‘rish zarurligini muhokama qilmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Pentagonda Rossiya qo‘shinlari tomonidan kimyoviy hujumlarni bevosita tayyorlash ishlari ketayotgani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Bundan oldin AQShning yangi mudofaa strategiyasida Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi fonida «o‘tkir tahdid» deb atalgandi.
«So‘nggi voqealar Rossiya tomonidan kelayotgan keskin tahdidni ko‘rsatmoqda. Rossiya hukumati qo‘shnilarining mustaqilligini mensimagan holda, chegaralarni o‘zgartirish va imperialistik tuzumni tiklash uchun kuch ishlatishga harakat qilmoqda», deyiladi hujjatda.
«Xitoydan farqli o‘laroq, Rossiya uzoq muddatda AQShga tizimli ravishda e’tiroz bildira olmaydi. Lekin Rossiya agressiyasi bizning manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri va keskin tahdiddir», - dedi AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin.
Hujjatda Rossiyadan keladigan xavflar qatorida AQShning o‘ziga ham, uning ittifoqchilari va hamkorlariga ham yadroviy tahdid, uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalar tahdidi, kiber va axborot tahdidlari, kimyoviy va biologik qurollar tahdidi sanab o‘tilgan.
Mavzuga oid
10:50
RFning Odessaga zarbasida kamida olti kishi halok bo‘ldi
10:10
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara bo‘yicha o‘z pozitsiyasini yumshatishga tayyor
09:50
UQK: frontdagi vaziyat qiyin, RF tinimsiz hujum qilmoqda
23:37 / 09.10.2024