Jamiyat | 11:07 / 24.11.2022
10136
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda o‘ziga tegishli 1 gektar yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi

Fermer kelishilgan puldan 20 ming dollarini olayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Foto: iStock

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 23 noyabr kuni DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura departamentining Denov tuman bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 100 ming AQSh dollariga yer sotishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olingan.

Denov tumanida yashovchi, “Qoraxon Xalifa Denov” fermer xo‘jaligi raisi M.X. o‘zi rahbarlik qilayotgan xo‘jalikka tegishli bo‘lgan 1 gektar yerni fuqaro I.Q.ga 100 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu pullardan 20 ming dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Avvalroq, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 11 gektar yerni 550 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.

Mavzuga oid