Ukraina belaruslarni «o‘zlarini urushga jalb qilishga» yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Belarus fuqarolarini «o‘zlarini urushga yanada ko‘proq jalb qilishlariga» yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
«Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya fuqarolari hayoti haqida qayg‘urmaydi, belaruslar va ukrainaliklar hayoti haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. Ularning usullari yangi emas. Terror, qo‘rqitish, soxta bayroq ostidagi operatsiyalar. Bularning barchasi bir maqsadda qo‘llaniladi - Belarusni har qanday usul yordamida Ukraina bilan urushga tortish. Qon va nafrat xalqlarimizni ajratishi mumkin», deya ma’lum qildi Bosh shtab.
«Ammo Belarusning o‘ziga Rossiyaning bosqinchilik urushi kerakmi? Javob aniq - bu kerak emas!» - deb ta’kidlangan bayonotda.
Bundan oldin Polshaning Rossiya bilan Belarus chegarasida NATO Bull Run-19 qo‘shma mashg‘ulotlari boshlangandi.
Manyovrlar Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Varminsko-Mazursk voyevodasi va Belarus bilan chegaradosh Podlyask voyevodasida o‘tkaziladi.
22-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda Polshada joylashgan Shimoliy Atlantika alyansining 15-sonli Gijitsk mexanizatsiyalashgan brigadasi va batalon jangovar guruhi askarlari ishtirok etadi.
Mavzuga oid
12:20
Frontdagi vaziyat: Vuhledar boy berilishi ukrain mudofaasidagi inqirozni kuchaytirdi. Yana bir «qal’a» xavf ostida
09:50
UQK: frontdagi vaziyat qiyin, RF tinimsiz hujum qilmoqda
08:50
YeI davlatlari Ukrainaga 35 mlrd yevro taqdim etishga kelishib oldi
21:50 / 09.10.2024