Jahon | 13:44 / 25.11.2022
8453
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Kiyevga birinchi marta keldi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jyeyms Kleverli ilk bor Ukrainaga keldi. 

Foto: Reuters

Britaniya vazirligi bayonotiga ko‘ra, u Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uchrashadi. 

Buyuk Britaniya Ukrainaga o‘ta muhim bo‘lgan infratuzilmani tiklash uchun 3 million funt (3,5 million yevro) va Qora dengiz don tashabbusiga, eng qashshoq mamlakatlar uchun don sotib olishga 5 million (5,8 million yevro) funt ajratishga tayyor. 

Kleverli Rossiyani tinch aholiga, shifoxonalarga va energetika infratuzilmasiga «shafqatsiz hujumlari» uchun keskin qoralab chiqishi kutilmoqda.

Bundan oldin Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Kiyevda prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Ukrainaga mudofaa uchun 50 mln funt sterling ajratilishini ma’lum qilgandi. Bu Sunakning Ukraina poytaxtiga bosh vazir sifatidagi ilk tashrifi bo‘ldi.

Yordam paketi rossiyaliklarning havo hujumlariga qarshi turish uchun ko‘zda tutilgan.

Harbiy yordam Ukraina shaharlariga hujum qilayotgan Eron dronlariga qarshi kurashish uchun 125 ta zenit qurilmalari va texnologiyalarini, jumladan o‘nlab radarlar va dronlarga qarshi turish uchun radioelektron kurash vositalarini o‘z ichiga oladi.

Mavzuga oid