O‘zbekiston | 12:18 / 26.11.2022
18777
1 daqiqa o‘qiladi
Andijonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi
26 noyabr kuni soat 9:30larda xalqaro A373-magistral yo‘lining Bo‘ston tumanidan o‘tgan 391-kilometrida o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgan.
YTHda avtobus va ISUZU rusumli yuk mashinasi o‘zaro to‘qnashib ketgan. Hodisa oqibatida avtobus yo‘lovchilaridan ikki nafari vafot etgan. Qolgan yo‘lovchilar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
YTHga avtobusning qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgani sabab bo‘lgan. Hozirda hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024