Fuqaro havo kemalari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalarini tekshirish qoidalari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro havo kemalari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalarini O‘zbekistonda tekshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq:
Transport vazirligi aviatsiya hodisalari bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilishini tashkillashtirishga mas’ul hisoblanadi va unga tekshirish o‘tkazishda mustaqillik beriladi;
tekshiruv og‘irligi 2250 kgdan yuqori bo‘lgan havo kemalari (uchuvchisiz uchish apparatlari) bilan sodir bo‘lgan aviatsiya insidentlari bo‘yicha o‘tkaziladi;
global ahamiyatga ega bo‘lgan parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiya IKAOga yuboriladi. IKAO – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (O‘zbekiston 1992 yil 12 noyabrdan buyon mazkur tashkilot to‘laqonli a’zosi hisoblanadi).
Qaror bilan fuqaro havo kemalari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalarini O‘zbekistonda tekshirish qoidalari tasdiqlangan bo‘lib, ularga ko‘ra:
aviatsiya hodisalari aviahalokatlar (odam o‘limiga sabab bo‘lgan – falokat, odamlar o‘limiga sabab bo‘lmagan – avariya), aviatsiya insidentlari va jiddiy aviatsiya insidentlariga tasniflanadi;
aviahalokatlar haqida xabar topgan shaxslar zudlik bilan mahalliy hokimiyat organlari va fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga ma’lum qilishi kerak;
aviahalokat haqida xabar topgan dispetcherlik xizmatlari zudlik bilan Transport vazirligi, DXX Transport boshqarmasi, Transport prokuraturasi va havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlariga yuboradi;
Transport vazirligi xabarni Vazirlar Mahkamasi, FVV, IIV, DXX, Qurolli Kuchlar Aviatsiya parvozlari xavfsizligi xizmati, Transport prokuraturasi va Aviaxodimlar kasaba uyushmasi markaziy qo‘mitasi (xorijiy mamlakat havo kemasi bilan bog‘liq aviahalokatlar bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonani ham xabardor qiladi);
tekshirish Transport vazirligi tomonidan ijro hokimiyati organlari, prokuratura, havo kemasini ishlab chiquvchilari, ekspluatantlari, havo kemasi ro‘yxatdan o‘tgan mamlakat vakillari va O‘zbekiston boshqa manfaatdor vazirlik va idoralari ishtirokida o‘tkaziladi;
tekshirish materiallari hisobot tasdiqlangandan so‘ng besh kunlik muddatda tergovni amalga oshiruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organga, Transport vazirligi, kema ekspluatanti (egasi), aviahalokat meteosharoitlar bilan bog‘liq bo‘lsa – O‘zgidromet, Mudofaa vazirligiga yuboriladi.
Mavzuga oid
08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
15:02 / 04.09.2024
Polshada aviatsiya sakkiz kun ichida uchinchi marta trevoga bo‘yicha osmonga ko‘tarildi
22:14 / 05.08.2024
Eron Isroilga tahdidlar ortidan o‘z havo hududini yopdi - OAV
18:34 / 22.07.2024