“Masterland” kompaniyasi Toshkent shahri markazida o‘zining birinchi loyihasini topshirdi
23 noyabr kuni “Masterland” qurilish kompaniyasi Yunusobod tumanida joylashgan “Shohsaroy” turar joy majmuasini foydalanishga topshirdi. Zamonaviy majmua 220 ta xonadondan iborat.
“Shohsaroy” turar joy majmuasidan 3 xonali uy xarid qildim. Bugun uyimni to‘liq bitirib topshirishdi. Menga Shohsaroyning shahar markazida joylashgani ma’qul bo‘ldi. Xonadonim yaqinida bog‘cha, maktab va ko‘plab savdo markazlari bor. Bundan tashqari, mashinalar uchun avtoturargoh ham bor”, – deydi xonadon egasi Ergashjon Tojiyev.
Majmuaning birinchi qavati do‘konlar, kafelar, dorixona va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari uchun ajratilgan. Majmuaning yonginasida joylashgan avtoturargoh xonadon egalarining avtomashinalarini noqulay ob-havodan saqlashga yordam beradi.
“Masterland” kompaniyasi direktori Sanjar Ravshanovning aytishicha, ilk turar joy majmuasini qurib bitkazgan kompaniya 2023 yilning ikkinchi choragida “Sezam” va “Vega” turar joy majmualarini ham foydalanishga topshirishni reja qilgan.
“Kompaniyamiz xalqimiz uchun zamonaviy, hamyonbop va sifatli xonadonlarni taqdim etishda davom etadi”, – dedi Sanjar Ravshanov.
Telefon:
+99855 504 9999
Reklama huquqi asosida