«Oddiy odamning o‘g‘li yoki qizi porasiz borib, kirib ketyaptimi-yo‘qmi? Kirib ketyapti» - Prezident ta’lim sohasiga Finlandiya tajribasi joriy etilishi haqida
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida yoshlar bilan muloqot qildi.
Davlat rahbari muloqot davomida ta’lim sohasiga Finlandiya tajribasining joriy etilishi haqida ham gapirib o‘tdi.
«Hozir ta’lim sohasida 1-, 2-, 3-, 4-sinflarning kitoblarini ko‘rdingiz. Men aytganimdek, Finlandiyadan mutaxassislar olib kelindi, ular bilan hamkorlik amalga oshirildi, Finlandiyaning oliygohini ochdik, ular bizga hamkor bo‘lyapti.
Endi muallimlarni ham boshqa joyda o‘qitib emas, o‘zimizga olib kelib o‘qityapmiz. O‘zimizda u kitoblarda o‘qiganidan keyin, u kitoblarning ma’qulligini mualliflarning o‘zlari ham rozi bo‘lib aytyapti: “Bu kitob bizga juda ma’qul”, “Bu kitob dunyoqarashini o‘zgartiradi”, deb.
Tasavvur qilinglar, shu maktablardan 10 yildan keyin qanday bolalar chiqadi. Mana, porasiz ham hamma narsani qilsa bo‘lar ekan-ku. Oddiy odamning o‘g‘li yoki qizi porasiz borib, kirib ketyaptimi-yo‘qmi? Kirib ketyapti. Bu ham inson qadri», dedi davlat rahbari.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Finlandiya ta’lim metodikalariga asoslangan ta’limni respublika umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etish ishlari boshlangan.
Mavzuga oid
10:30 / 21.09.2024
USAID O‘zbekistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratdi
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
19:16 / 11.09.2024
Har bir kambag‘al oilaning kamida bir a’zosi oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi
21:41 / 06.09.2024