Ozod qilingan Xersonda elektr energiyasi ta’minoti qayta tiklandi
Ozod qilingan Xersonda elektr energiyasini yetkazib berish qayta tiklandi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko ma’lum qildi.
«Va’da berganimizdek - biz buni bir haftadan sal ko‘proq vaqt ichida amalga oshirdik. Birinchi navbatda shaharning muhim infratuzilmasini, so‘ngra darhol maishiy iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaymiz», - deb yozadi u Telegram-kanalida.
Timoshenko Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati («GSChS»), politsiya, elektrchilar va mahalliy hokimiyat xodimlariga bajarilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bundan oldin Kirilo Timoshenko Ukrainaning barcha hududlariga elektr energiyasini yetkazib berish boshlangani to‘g‘risida xabar bergandi.
«Birinchi navbatda, muhim infratuzilma obektlari tarmoqqa ulandi, maishiy iste’molchilarni ulash bosqichma-bosqich davom etmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq Yevroparlament Yevropa shaharlari ma’muriyatiga Ukrainaga turli turdagi bir necha yuzlab elektr generatorlarini yuborishga ruxsat beruvchi tashabbusni e’lon qilgandi.
Yevropa shaharlari tarmog‘i Eurocities va Yevropa Parlamenti Rossiya raketa hujumlaridan jiddiy zarar ko‘rgan Ukrainaning muhim infratuzilmasi ishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Umid generatorlari» kampaniyasini boshladi. Bu haqda Yevroparlament rahbari Roberta Metsola va Eurocities rahbari, Florensiya meri Dario Nardella matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi.
Mavzuga oid
08:00 / 08.10.2024
Elektr energiyasi uchun kiritilgan 200 kilovattlik norma oshirilishi kutilmayapti
18:08 / 20.09.2024
Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi
15:00 / 07.09.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
08:35 / 04.09.2024