O‘zbekiston | 08:53 / 29.11.2022
6597
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston o‘z gilamlarini asosan Qirg‘izistonga sotmoqda

O‘zbekiston 10 oyda qiymati 31,6 mln dollarga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-oktabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 31,6 mln dollarga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,4 mln dollarga kam. 

2022 yilning 10 oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar orasida Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 18,2 mln dollar.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 4,2 mln dollar hamda 3 mln dollarlik gilam eksport qilingan Ozarboyjon va Afg‘oniston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Rossiya – 2,9 mln dollar;
  • Qozog‘iston – 1,3 mln dollar;
  • Tojikiston – 969 ming dollar.

Mavzuga oid