O‘zbekistonda 10 oyda yuz bergan YTHlarda 226 nafar bola halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yanvar-oktabr oylarida 7 ming 636 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda Senatda bo‘lib o‘tgan avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlashga oid yig‘ilishda senator Qutbiddin Burhonov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Qutbiddin Burhonovning aytishicha, ko‘rilayotgan choralarga qaramay, o‘limga olib kelgan YTHlar soni yuqoriligicha qolmoqda.
2022 yil o‘tgan o‘n oyida 7 ming 636ta YTH sodir etilib, ularda 7 ming 174 nafar fuqaro jarohatlangan va 1 ming 931 nafar fuqaro halok bo‘lgan, halok bo‘lganlarning 226 nafari yosh bolalar.
«Bu holat barchamizda birdek tashvish uyg‘otadi. Biz 200 dan ziyod bolaning o‘limi haqida gapiryapmiz, vaholanki, bir nafar bolaning ham tinch zamonda bu tarzda halok bo‘lishi fojiadir. Shu bois yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash masalasi hech qachon kun tartibidan tushmaydi va, tabiiyki, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining doimiy nazoratida bo‘ladi», deya Qutbiddin Burhonovning so‘zlarini keltirgan «Daryo».
Ma’lumot uchun, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida respublikada 7 681 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 1 964 kishi vafot etgan, 6 886 nafar inson jarohatlangan. YTH ishtirokchilarining 3 441 nafari piyodalar, 1 268 nafari esa bolalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
14:07
Romitan hokimi yordamchisi sodir etgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
15:26 / 20.09.2024
Skuter va yuk mashinalariga doir taqiqlar, “radarlar” hamda YHXXning bekor bo‘layotgan vakolati – Senat yangi o‘zgarishlarni ma’qulladi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024