O‘zbekiston | 11:54 / 30.11.2022
25776
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dekabrdan havo keskin sovishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kechalari 4-7 daraja sovuq bo‘ladi. Shimolda harorat -10 darajagacha tushadi.

O‘zbekiston hududiga 1–5 dekabr kunlari sovuq havo massasi kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 3–5 dekabr kunlarida O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kechalari 4–7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0–3 daraja iliqqacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida kechalari 10–13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 4–7 daraja sovuqqacha pasayadi.

Respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 4–7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0–3 daraja iliqqacha pasayadi.

Mavzuga oid