Si Jinping birinchi marta Xitoydagi noroziliklarga izoh berdi
Xitoy rahbari noroziliklar ortida «alamzada talabalar» turganini aytdi.
Xitoy rahbari Si Jinping Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishelga Xitoydagi aksilkovid cheklovlariga qarshi namoyishlar ortida «hafsalasi pir bo‘lgan talabalar» turganini aytdi.
Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiylariga ko‘ra, Si bu haqda Pekindagi uch soatlik uchrashuv davomida aytgan. Bu Xitoy rahbarining butun mamlakat bo‘ylab bo‘lib o‘tgan namoyishlarga birinchi rasmiy munosabatidir.
Shuningdek, Si keksa odamlarni emlash jarayonidan xavotirda ekanini bildirgan, ammo koronavirusning omikron shtammi o‘lim darajasi pastligini tan olgan. Yevropa rasmiylari fikriga ko‘ra, bu Xitoy rahbarining cheklovlarni yumshatishga tayyorligini ko‘rsatishi mumkin.
29 noyabr kuni Pekin va Guanchjou rasmiylari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha ayrim cheklovlarni yumshatdi.
Qaror o‘tgan haftadan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari ortidan qabul qilindi. Bunga Shinjonning Urumchi shahrida 10 kishi halok bo‘lgan yong‘in sabab qilib ko‘rsatildi. Covid-19 tufayli kiritilgan cheklovlar oqibatida o‘t o‘chiruvchilarning voqea joyiga yetib borishi imkoni bo‘lmagani xabar qilindi.
Namoyishlar Urumchidan tashqari Pekin, Guanchjou, Uhan va Shanxayda ham o‘tkazildi. Namoyishchilar koronavirus cheklovlarini yumshatishni, ba’zilari Xitoy raisi Si Jinping iste’fosini ham talab qilishgan edi.
Mavzuga oid
10:15 / 30.08.2024
Baydenning yordamchisi Si Jinping bilan Rossiyaning Ukrainadagi urushini muhokama qildi
12:00 / 08.07.2024
«Barcha tomonlar Ukrainadagi jangovar harakatlar to‘xtatilishidan manfaatdor» - Si Jinping
07:28 / 04.07.2024
Peskov Putin va Si Jinping o‘rtasidagi muzokaralar tafsilotini ochiqladi
18:49 / 03.07.2024