O‘zbekistonda ayrim «skotch»/«kapron» metan gaz ballonlariga ruxsat berilishi mumkin
Bu ruxsat korpusining markaziy silindrik qismi kompozit material bilan o‘ralgan STG-2 ballonlariga berilmaydi. STG-3 va STG-4 tipidagi siqilgan metan gaz to‘ldiriladigan kompozit ballonlarga ruxsat berish ko‘zda tutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yonilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalari xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yonilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarini ishlab chiqarishda, qayta jihozlashda va foydalanish jarayonlarida ularga qo‘yiladigan texnik talablar, ularni sinovdan o‘tkazish tartibi belgilangan.
Reglamentni ishlab chiqishda Birlashgan millatlar tashkiloti Yevropa iqtisodiy kengashi qoidalari (BMT Qoidalari) va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi umumiy texnik reglamentlari va standartlari talablari qo‘llangan.
Reglamentda gaz yonilg‘isida ishlovchi avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi, qayta jihozlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, sinovdan o‘tkazuvchi laboratoriyalarga talablar belgilangan.
Avtotransport vositalarini gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlashda ishlatiladigan ehtiyot qismlarga texnik talablar va ularni sinovdan o‘tkazishga talablar belgilangan.
O‘zgartirishlar bilan gaz ballonlarga yangi, zamonaviy texnik talablar belgilangan va ularni davriy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi takomillashtirilgan.
Reglamentga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan avtotransport vositalariga zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan STG-3 va STG-4 turidagi gaz ballonlarni o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
14:37 / 30.10.2024
Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ketma-ket sakkizinchi oy pasaydi, sotuvlar ham qisqardi
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024