Xerson Rossiya raketa hujumlaridan keyin "svetsiz" qoldi
2 dekabr kuni kechqurun Xerson yana Rossiya qo‘shinlari tomonidan raketa hujumiga uchradi.
Xerson viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Yaroslav Yanushevichning Telegram-kanaliga ko‘ra, zarbalar paytida elektr tarmoqlari shikastlangan, shahar yana elektr ta’minotisiz qolgan.
Bundan oldin Ukrainada 6 millionga yaqin abonent elektr energiyasiz qolayotgani aytilgandi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Uning taqdim etgan ma’lumotlarida yozilishicha, Ukraina hududida elektr ta’minoti bilan bog‘liq eng qiyin vaziyat yettita mintaqada kuzatilyapti.
«Poytaxt Kiyev shahrida, shuningdek, Kiyev, Vinnitsa, Lvov, Odessa, Xmelnitskiy va Cherkassk viloyatlarida vaziyat juda og‘irligicha qolmoqda», — dedi u.
Avvalroq AQSh hukumati Rossiyaning yirik raketa zarbalari oqibatida shikastlangan energetika tizimini tiklash uchun Ukrainaga 53 million dollar ajratgandi. Mablag‘lar tarmoqni tiklash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni sotib olishga sarflanishi kerak.
Mavzuga oid
23:37 / 09.10.2024
Rossiyada mamlakatni tark etgan fuqarolarning mol-mulkni xatlashga ruxsat berilishi mumkin
21:27 / 09.10.2024
Litva Rossiya bilan chegaraga «ajdar tishlari»ni o‘rnatdi
20:22 / 09.10.2024
Rossiyada o‘tkazilgan MDH sammitida qator hujjatlar imzolandi
14:30 / 09.10.2024