O‘zbekiston | 12:24 / 07.12.2022
3861
1 daqiqa o‘qiladi

A4 formatidagi ofis qog‘ozi narxi 7 oyda 20 foizga arzonlashdi

O‘zbekistonda qog‘oz narxi pasayishda davom etmoqda.

2022 yil aprel oyida A4 formatidagi ofis qog‘ozi narxlari 2,2 baravarga oshgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan so‘ng, may oyidan noyabrgacha ushbu mahsulot narxi har oyda bosqichma-bosqich pasayishi qayd etilib, 7 oyda 20 foizga arzonlashgan.

Noyabr oyida ofis qog‘ozi narxlari oktabr oyiga nisbatan yoki bir oyda o‘rtacha 2,5 foizga arzonlashgan bo‘lsa, yil boshidan buyon 1,8 baravar oshgan.

Mavzuga oid