Eron oliy rahbarining jiyani namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun qamaldi
U davlat rahbariga bo‘ysunuvchi maxsus idora tomonidan sudlangan.
Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning jiyani Farida Murodxoniy namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun 3 yilga qamaldi.
U noyabr oyida Eronda davom etayotgan hukumatga qarshi namoyishlarni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilganidan keyin hibsga olingan edi. U hatto xalqaro hamjamiyatni Tehron bilan aloqalarni uzishga chaqirdi.
Murodxoniy advokati dastlab uning 15 yilga qamalganini, biroq apellyatsiyadan so‘ng jazo muddati qisqartirilganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, ayol Eronning maxsus sud mahkamasi, ya’ni faqat oliy rahnamoga hisobdor bo‘lgan mustaqil idora tomonidan sudlangan.
Murodxoniy nimada ayblangani ma’lum emas, shuningdek, rasmiylar ham hozircha bu ish bo‘yicha izoh bermagan.
Qayd qilish joizki, ayol bundan oldin 2 marta, shu yilning boshida va 2018 yilda Eron rejimini tanqid qilgani uchun hibsga olingan edi.
Avvalroq, Farida Murodxoniyning onasi va oliy rahbar Ali Xomanaiyning singlisi Badri Husayniy Xomanaiy ham Eron rejimiga qarshi ekanini e’lon qilib, qurolli kuchlarni «kech bo‘lmasdan oldin» namoyishchilarga qo‘shilishga chaqirgan edi.
Eronda ommaviy namoyishlar 16 sentabrdan buyon davom etmoqda. Bunga 22 yoshli eronlik kurd ayol Mahsa Aminiy axloq politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan keyin shifoxonada hayotdan ko‘z yumgani sabab bo‘lgan.
Norvegiyada joylashgan Iran Human Righs tashkilotiga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida xavfsizlik kuchlari tomonidan kamida 458 kishi, jumladan, 63 bola va 29 ayol o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024