12 dekabr kuni O‘zbekistonda tumanli havo kutilmoqda
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida ham ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin.
Respublika Gidrometeorologiya markazi 12 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–7 daraja sovuq, kunduzi 0–2 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17–22 daraja sovuq, kunduzi 4–9 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarga qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, cho‘l hududlarida 17–22 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarga qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi – 3 daraja sovuq, +2 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6–11 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja sovuq bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:27
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024