AQSh Ukrainaga «aqlli bombalar» uchun uskunalar berishni rejalashtiryapti
GPS texnologiyasiga asoslangan komponentlar boshqarilmaydigan aviatsiya qurollarini «aqlli bomba»ga aylantira oladi, bu esa rossiyalik harbiylarning pozitsiyalariga yuqori aniqlik bilan zarba berish imkonini yaratadi, deb yozadi The Washington Post.
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga boshqarilmaydigan aviatsiya qurollarini Rossiya harbiy pozitsiyalariga yuqori aniqlik bilan zarba bera oladigan «aqlli bomba»ga aylantirishi mumkin bo‘lgan ilg‘or elektron uskunalar jo‘natmoqchi. Bu haqda 14 dekabr, chorshanba kuni AQShning yuqori martabali rasmiylariga tayanib, The Washington Post (WP) xabar berdi.
To‘plamlar orasida turli xil qurollarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan GPS texnologiyasi asosidagi qurilma mavjud. Nashr suhbatdoshlari Ukraina tomoni bunday to‘plamlar bilan aviatsiya yoki yerdagi qurollarni jihozlashi borasida aniq holatni ochiqlamadi.
Xabar e’lon qilingan paytda AQSh prezidenti Jozef Bayden yoki uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bunday jihozlar yetkazib berilishini ma’qullagani yoki ma’qullamagani ma’lum emas. Vashington avvalroq Ukrainaga zamonaviy qurollar, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi HARM antiradiolokatsion raketalarini yetkazib bergandi.
Bir necha kun avval AQSh Ukrainaga Patriot zenit-raketa komplekslarini yetkazib berishni yakunlayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Pentagon rejasi AQSh prezidentiga imzolash uchun taqdim etilishidan oldin mudofaa vaziri Lloyd Ostin tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Mavzuga oid
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024