Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishga tushiryapti
Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga qarshi urush uchun Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketini joriy etish bo‘yicha kelishib oldi.
A’zo davlatlarning doimiy vakillari qo‘mitasi payshanba kuni kechqurun Bryusselda bo‘lib o‘tgan YeI sammiti doirasida rejalarni bir ovozdan ma’qulladi.
Ular banklarga nisbatan yangi cheklov choralarini va qo‘shimcha savdo cheklovlarini nazarda tutadi. Bu haqda dpa agentligi diplomatik manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Bundan oldin Buyuk Britaniya Rossiya va Eronga qarshi yangi «16 ta sanksiyadan iborat to‘plam»ni e’lon qilgandi.
Cheklov choralari Rossiya Qurolli kuchlari qo‘mondonligining 12 nafar vakiliga, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarish va/yoki ularni Moskvaga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan eronlik tadbirkorlar va amaldorlarga qarshi qaratilgan.
Buyuk Britaniya hukumati bayonotida aytilishicha, general-mayor Robert Baranovga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan. U, Bellingcat ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarining asosiy hisoblash markazini (AHM) boshqargan hamda xodimlari Ukrainadagi fuqarolik nishonlariga raketalarni yo‘naltirgan.
Mavzuga oid
10:10
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
23:12 / 08.10.2024
Rossiya kompaniyalari migrantlar yetishmovchiligidan ommaviy shikoyat qilmoqda
23:00 / 08.10.2024
Putin o‘zbekistonlik diplomat Ilhom Ne’matovni orden bilan taqdirladi
21:59 / 08.10.2024