Buxoroda gastronomik turizmni rivojlantirish uchun maxsus ko‘cha tashkil etilyapti
Buxoro shahri Islom Karimov ko‘chasida Street Food gastronomik ko‘chasi tashkil etilyapti.
Ko‘cha Vazirlar Mahkamasining «2022–2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Gastronomik ko‘cha uzunligi 820 metr bo‘lib, xizmat va savdo shoxobchalari soni 36 tani tashkil etadi, shundan 9 tasi umumiy ovqatlanish shoxobchalari hisoblanadi.
Xususan, kuni kecha restoranlardan biri o‘z faoliyatini boshladi. Restoran milliy va yevropa taomlariga ixtisoslashgan bo‘lib, 200 kishiga mo‘ljallangan. Restoranda halol sertifikatini olish borasida ishlar boshlangan.
Gastronomik ko‘chada 22 ta do‘kon va 50 ta ko‘chma savdo shoxobchalari qurilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:45 / 24.10.2024
2024 yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
17:47 / 15.10.2024
Toshkent tumanidagi “Shifobaxsh suvlar” hududida yana 5 ta sanatoriy quriladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
13:45 / 09.10.2024