Argentina g‘alabasining bahosi: JCh-2022 da FIFA mukofot jamg‘armasi 1 mlrd dollardan oshdi
Qatarda bo‘lib o‘tgan JCh-2022da g‘olib chiqqan Argentina milliy jamoasi turnirlar tarixidagi rekord miqdordagi 42 million dollar mukofotni ham qo‘lga kiritdi.
Qayd etib o‘tish joiz, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) jahon birinchiligida mukofot pullarini to‘lashni 1982 yilga kelibgina joriy qilgan. O‘shanda mukofot jamg‘armasi 20 mln dollarni tashkil etib, uning 2,2 mlni g‘olib Italiyaga nasib etgan.
100 mln dollarlik jamg‘armaga yetishish uchun FIFAga yana 16 yil kerak bo‘lgan. 1998 yilgi jahon chempionatida jamoalar 106 mln dollarni bo‘lib olishgan, chempion Fransiyaga 6 mln dollar tekkan. 150 mln dollarlik (chempionga — 8 mln) marraga 2002 yilda erishilgan, 2006 yilda esa FIFA 266 mln (g‘olibga — 20 mln) mukofot jamg‘armasi shakllantirishga muvaffaq bo‘ldi.
2010 yildan boshlab FIFA jahon chempionatida qatnashayotgan milliy federatsiyalarga emas, futbolchilari qatnashayotgan klublarga ham pul to‘lashni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, FIFA futbolchilarni jarohatlardan sug‘urta qilishga ham rozi bo‘ldi. Ya’ni, 2010 yildan boshlab FIFAning jahon chempionati ishtirokchilarini mukofotlash uchun xarajatlari uch qismga bo‘lindi: o‘yinlar uchun mukofotlar, klublarga kompensatsiya va sug‘urta. Buning oqibatida 2010 yilda mukofot jamg‘armasi 420 mln (g‘olibga — 30 mln), 2014 yilda 576 mln (g‘olibga — 35 mln), 2018 yilda 791 mln (g‘olibga 38 mln) dollargacha o‘sdi. 2022 yilda esa FIFA 1 mlrd dollarlik marraga yetdi.
2022 yilda mukofot jamg‘armasi milliy jamoalar o‘rtasida qanday taqsimlanganiga e’tibor qaratsak, chempion Argentina yuqorida zikr etilganidek 42 mln dollarga ega chiqadi, finalchi Fransiya esa — 30 mln. Uchinchi o‘rinni olgan Xorvatiyaga — 27 mln, yorqin o‘yin ko‘rsatib to‘rtinchi bo‘lgan Marokash milliy jamoasiga — 25 mln dollar beriladi. Chorak finalning barcha ishtirokchilari 17 mlndan, nimchorak finalda chiqib ketganlar 13 mlndan, guruh bosqichidan chiqa olmagan terma jamoalar esa 9 mln dollardan olishadi.
Mavzuga oid
16:12 / 23.10.2024
Argentinada soliq xizmati tugatildi
13:19 / 07.10.2024
Infantino va «futzal Pelesi» kelgan, Braziliyaning omadi chopgan finaldan eksklyuziv fotojamlanma
20:30 / 24.09.2024
Argentina sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishga order berdi
23:23 / 30.08.2024