Jamiyat | 18:16 / 23.12.2022
17363
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda fuqaro singlisi bilan «gaplashib yurgan» yigitni o‘ldirdi

Pichoqlangan jabrlanuvchi ShTYoIM Jizzax filialida vafot etgan.

Foto: Getty Images

Jizzaxda fuqarolardan biri ikkinchisini pichoqlab, jarohatlagan. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2022 yil yil 18 dekabr kuni soat 16:40 larda sodir bo‘lgan.

Jizzax shahrining Obod mahallasida yashovchi L.Q. “Nega singlim bilan gaplashib yuribsan?” deb oshxona pichog‘i bilan Ittifoq mahallasida yashovchi N.B.ning ko‘krak va qorin sohasiga ikki marta pichoq urgan.

Oqibatda, jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialida ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Mavzuga oid