Jamiyat | 10:29 / 25.12.2022
20219
2 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda mashinalar oynasini sindirib, o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga olindi

Chilonzor tumanida 3 ta avtomobil oynasi sindirib ketilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Toshkentning Chilonzor tumanida 3 ta avtomobil oynasini sindirib ketgan voyaga yetmagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

22 dekabr kuni 2001 yilda tug‘ilgan A.S. Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unga tegishli bo‘lgan Gentra rusumli avtomashinaning old haydovchi yon oynasi sindirilgani va avtomashina ichida bo‘lgan 500 000 so‘mlik soati o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, shu kuni 1995 yilda tug‘ilgan R.X.ga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomashinasining old haydovchi yon oynasi sindirilgani, lekin avtomashinasidan hech narsa yo‘qolmagani, 1977 yilda tug‘ilgan Ye.B.ga tegishli bo‘lgan Spark avtomashinaning ham old haydovchi yon oynasi sindirilgani, avtomashinasidan hech narsa yo‘qolmagani aniqlangan.

Qayd etilgan holatlar yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida Chilonzor tumanida bir nechta avtomashinalarning oynasini sindirib, o‘g‘rilik sodir etgan shaxsning shaxsi aniqlandi. U voyaga yetmagan 2005 yilda tug‘ilgan M.B. bo‘lib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda yonidan avtomashinadan o‘g‘irlangan soat va pichoq topilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid