Jamiyat | 09:18 / 27.12.2022
45351
1 daqiqa o‘qiladi

Marg‘ilondagi maktabda o‘quvchining qarindoshlari o‘qituvchini urdi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan 15-maktabda o‘quvchining qarindoshlari va o‘qituvchilar o‘rtasida janjal yuzaga keldi.

Videodan kadr

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, janjal 19 dekabr kuni kunduzi soat 12:30 atrofida ko‘tarilgan. Shu maktabning 7-sinfida o‘quvchi bolaning xolasi va ammasi kelib, musiqa fani o‘qituvchisini haqorat qilgan, kimyo fani o‘qituvchisiga tan jarohati yetkazgan.

«Maktabga direktor qo‘yilganiga 1 oy bo‘ldi, ungacha rahbar yo‘q edi. 19 dekabrda sodir bo‘lgan janjal oshkor bo‘lmasligiga shu maktabda rahbar yo‘qligi sabab bo‘lgan. Hozir vaziyat o‘rganilmoqda, ichki ishlar organlari tomonidan sudga hujjatlar kiritilgan», dedi Farg‘ona viloyati XTB matbuot kotibi Odiljon Jalolov.

Rasmiy izohga ko‘ra, huquq-tartibot organlari tomonidan holat o‘rganilib qonuniy baho berish choralari ko‘rilgan. O‘rganish natijalari tez orada e’lon qilinishi ma’lum qilindi.

Mavzuga oid