O‘zbekiston | 08:47 / 28.12.2022
5841
4 daqiqa o‘qiladi

Gross sug‘urta kompaniyasi mamlakatning eng yaxshi brendlaridan biri deb tan olindi

Foto: Gross

O‘zbekiston marketing uyushmasi yuritadigan Milliy brendlar reytingida Gross sug‘urta kompaniyasining brendi mamlakatimizdagi brendlar va O‘zbekistonda taqdim etilgan barcha xalqaro brendlar orasida 10-o‘rinni va mamlakatimizdagi sug‘urta kompaniyalari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Kompaniya 2022 yilni an’anaviy ravishda ijobiy ko‘rsatkichlar bilan yakunlamoqda. Bugungi kunda kompaniya 3 milliondan ortiq mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqda, ular orasida yirik kompaniyalar, shu jumladan xalqaro kompaniyalar ham bor. Ular O‘zbekiston hududida o‘z faoliyatlarini olib borgan holda yuqori sifatli servis xizmatlari va moliyaviy ishonchlilik tufayli Gross kompaniyasini tanlamoqda.

2022 yilda kompaniya 626 466 ta yangi shartnoma tuzdi, bunda u 285 mlrd so‘m miqdorda sug‘urta mukofotlarini ishlab topdi hamda 219 trln so‘m miqdorda majburiyatlarni o‘z zimmasiga qabul qildi. Shuning bilan bir qatorda Gross kompaniyasi 5250 ta sug‘urta hodisasi bo‘yicha sug‘urta da’volarini qanoatlantirgan holda 62,7 mlrd so‘mdan ortiq miqdorda sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi.

Bugungi kunda Gross sug‘urta kompaniyasi O‘zbekistonda sug‘urta sohasida eng yirik va ishonchli bo‘lgan kompaniyalar reytingida barqaror o‘rinni saqlab kelmoqda. Kompaniya 2022 yilda Fitch Ratings xalqaro kapital bozorlari uchun yetakchi reyting agentligidan «barqaror» degan prognoz bilan «B+» darajasida moliyaviy barqarorlik reytingini olgan holda mamlakat va jahon bozorlaridagi o‘zining moliyaviy ishonchliligini yana bir bor isbotladi.

Gross kompaniyasi aholi orasida xabardorlik darajasini oshirish ustida doimiy ravishda ishlar olib borgan holda mijozlar uchun innovatsion servislar va yangi mahsulotlarni faol ravishda joriy qilib kelmoqda. Buni 2022 yilda o‘tkazilgan TAF!2022 reklama festivalida berilgan uchta mukofot ham isbotlab turibdi. Xalqaro hay’at «Milliy qadriyatlar qo‘llangan kompaniya» nominatsiyasida «platina» mukofotini, mamlakatimiz hakamlar hay’ati esa «Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qilish» nominatsiyasida «oltin» hamda «Didjital kampaniya» nominatsiyasida «bronza» mukofotini berishga qaror qildi. Shuningdek, Gross kompaniyasi Red Jolbors 2022 Markaziy Osiyo kommunikatsiyalar festivalida Film Craft: Cinematography nominatsiyada «kumush» sohibi bo‘ldi.

Gross kompaniyasi bugungi kunda 11 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan, xizmatlar sifatini oshirish va sug‘urta mahsulotlarini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan aniq rivojlanish strategiyasiga ega bo‘lgan kompaniyadir.

Kompaniya barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaydi hamda farovonlik va baxt tilaydi! Bizga bildirilgan ishonch uchun hamkorlarimiz va mijozlarimizga o‘z samimiy minnatdorligimizni bildiramiz.

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazining yagona raqami: 1166.

Sayt: gross.uz

Facebook: fb.com/grossuz

Instagram: @gross.uzb

Telegram: t.me/grossuzb

Telegram-bot: t.me/grossrobot

Reklama

Mavzuga oid