O‘zbekiston | 12:42 / 29.12.2022
9206
2 daqiqa o‘qiladi
Hokimlarni lavozimidan muddatidan oldin ozod etishning aniq asoslari belgilanyapti
“Mahalliy ijroiya hokimiyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Hokimlarni lavozimidan muddatidan oldin ozod etishning aniq asoslari belgilanmoqda:
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tarkibi yangilanganda;
- xalq deputatlari Kengashlari tomonidan bildirilgan ishonchsizlik votumi tasdiqlanganda;
- hokimlar faoliyatining samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha muntazam (2 yil davomida) salbiy ko‘rsatkich qayd etilganda;
- odob-axloq qoidalari muntazam ravishda, ya’ni 1 yilda 2 martadan ortiq buzilganda;
- mahalliy ijroiya hokimiyati faoliyatining ochiqligiga qo‘yilgan talablar buzilganda.
Mahalliy ijroiya hokimiyati faoliyatining ochiqligiga oid talablar belgilanmoqda, xususan kamida 9 turdagi ma’lumotlar hokimliklar rasmiy veb-saytlarida doimiy joylashtirib borilishi taklif etilmoqda, masalan:
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini berish bo‘yicha ochiq tanlov g‘oliblari bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar;
- mahalliy budjetlarning rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- o‘tkaziladigan barcha ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- hokim va uning o‘rinbosarlari yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi);
- hokim va uning o‘rinbosarlarining har oylik mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar;
- hokimliklarning ommaviy tadbirlari ochiq holda o‘tkazilishi va unda ommaviy axborot vositalari vakillari to‘siqlarsiz ishtirok etish huquqi, ushbu tadbirlarda audio, video va boshqa ovoz yozish vositalaridan foydalanishga haqli ekanligi belgilanmoqda;
Mavzuga oid
18:30 / 20.09.2024
Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi
21:23 / 19.09.2024
Multfilm: Vatanga investitsiya bilan qaytgan tadbirkorning sarguzashtlari
18:02 / 16.09.2024
O‘zbekistonda ilk bor rahbarlikka tayyorlaydigan qo‘shma ta’lim dasturi ish boshladi
17:12 / 02.08.2024