O‘zbekiston | 16:57 / 29.12.2022
4557
3 daqiqa o‘qiladi

Iteca Exhibitions ketayotgan yilning yakunlarini chiqarmoqda

Foto: Iteca Exhibitions

Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi o‘zining 27-ko‘rgazma mavsumini yakunladi. 2022 yilda kompaniya uchun muhim voqealardan biri Butunjahon ko‘rgazma sanoati uyushmasi (UFI) a’zolik maqomini yangilash edi. Bu kongress va ko‘rgazma tadbirlarini tashkil qilishda faqat xalqaro standartlar bilan ishlaydigan mamlakat ko‘rgazma sanoatining yetakchisi bo‘lgan kompaniyaning maqomini tasdiqlaydi.

Foto: Iteca Exhibitions

Yil boshidan ushbu mavsum qiyin va shu bilan birga sermahsul bo‘lishi uchun barcha asoslar mavjud edi. Barcha rejalashtirilgan loyihalar amalga oshirildi. Shunday qilib, Iteca Exhibitions kompaniyasi ICA Eurasia va Congresses of Central Asia – CCA xalqaro kompaniyalari bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlashdan tortib to tog‘-kon va metallurgiyagacha bo‘lgan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha asosiy tarmoqlarini qamrab olgan 19 ta ko‘rgazma loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi: UzBuild, AgroWorld Uzbekistan, UzFood, TIHE, AptekaExpo Central Asia, Stomatology Uzbekistan, MebelExpo Uzbekistan, UzTextile Expo Bahor, OGU, Power Uzbekistan, CAITME, Aquatherm Tashkent, Plastex Uzbekistan, O’ZuPack – O’ZBEKinPRINT, UzE-TechExpo, UzTextile Expo Kuz, MiningMetals Uzbekistan, TransLogistica Uzbekistan, Securex Uzbekistan.

Foto: Iteca Exhibitions
Foto: Iteca Exhibitions

Shuningdek, xalqaro anjumanlar va forumlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi: Qurilish sanoati xalqaro anjumani – ICCI, O‘zbekiston xalqaro energetika anjumani, O‘zbekiston xalqaro tog‘-konchilik forumi – UIMF.

Foto: Iteca Exhibitions
Foto: Iteca Exhibitions

Ko‘rgazmalarga 80 520 kishi, shu jumladan 51 mamlakatdan 7 740 chet ellik mutaxassislar tashrif buyurishdi. Tashrif buyuruvchilarning aksariyati Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkiyadan edi.

Foto: Iteca Exhibitions

2022 yilda Iteca Exhibitions tadbirlarida jami 1 727 nafar kompaniya, 123 ta spiker, 48 mamlakatdan 1 957 ta delegat ishtirok etdi.

Turkiya, Rossiya, Germaniya, Italiya va XXR 2022 yilning yetakchi 5 xorijiy ishtirokchi davlatlari bo‘ldi. O‘zbekistondan 517 ta korxona ishtirok etdi.

2023 yilgi ko‘rgazma mavsumiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda. Kelgusi yilda 20 ta xalqaro ko‘rgazma, 5 ta anjuman va forumlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Rejalashtirilgan ko‘rgazmalarning to‘liq ro‘yxati bilan kompaniyaning veb-saytida tanishish mumkin.


Sizning biznesingiz butun dunyo bilan aloqada!

Kompaniya nomidan Sizni Yangi 2023 yil bilan tabriklab, sog‘lik va farovonlik tilaymiz!

Tel. +998712051818 Web-sayt:  WWW.ITECA.UZ

Mavzuga oid