Jahon | 08:13 / 02.01.2023
8345
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning ikki viloyatida Shahed dronlari va raketa urib tushirildi

Ukraina aviatsiyasi va zenit-raketa qo‘shinlari Dnepropetrovsk va Zaporijjya viloyatlari uzra 6 ta Shahed zarba beruvchi uchuvchisiz uchoqlari va bitta X-59MK2 yuqori aniqlikdagi boshqariladigan raketani yo‘q qildi, deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlarining «Vostok» havo qo‘mondonligi. 

Foto: Picture Alliance

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, yana 3 ta Shahed dronlari quruqlikdagi qo‘shinlar havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan.

Shu bilan birga, Kiyev osmonida 16 ta havo nishoni urib tushirildi, deb xabar berdi shahar harbiy boshqarmasi. 

Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, Desnyanskiy tumanidagi yo‘lga uchuvchisiz uchish apparati bo‘laklari qulagan, yaqin atrofda joylashgan uylardan birining oynalari shikastlangan.

Mavzuga oid