Ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati uzaytirildi
O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
O‘qish jarayonlari 18 yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 11 yanvarga qadar, OTMlarda esa 9 yanvarga qadar davom etishi kerak edi.
Avvalroq, “O‘zgidromet” tomonidan 10-15 yanvar kunlari respublika bo‘ylab havo harorati kechalari 12-17 sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari 17-22 daraja sovuqqacha, Ustyurt va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida kechasi 25-27, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqqacha pasayishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:53 / 24.01.2023
Toshkent shahridagi yana 12 ta maktabda 25 yanvardan ta’lim jarayoni boshlanadi
00:05 / 24.01.2023
24 yanvardan Surxondaryodagi barcha maktablarda darslar an’anaviy shaklda davom ettiriladi
14:21 / 23.01.2023
O‘zbekistondagi 700 dan oshiq maktabda 3-chorak onlayn shaklda davom ettirilmoqda
20:33 / 22.01.2023