Braziliyaning sobiq prezidenti Bolsonaru AQShda shifoxonaga yotqizildi
U qorin og‘rig‘idan shikoyat qilganidan keyin gospitalizatsiya etildi.
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru qorin og‘rig‘i bilan Florida shtatining Orlando shahridagi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi O Globo gazetasi.
Gospitalizatsiya Braziliya poytaxtida uning tarafdorlari tomonidan hukumat binolariga bostirib kirilishidan bir kun o‘tgach sodir bo‘lgan.
Bolsonaru 2019 yil yanvaridan 2023 yil yanvarigacha Braziliya prezidenti bo‘lgan. Bu lavozimda uning o‘rnini Luis Inasiu Lula da Silva egalladi.
Jair Bolsonaru 2018 yilgi prezidentlik kampaniyasi paytida pichoqlangan, shundan keyin bir necha marta ichak tiqilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.
U o‘z vorisi lavozimga kirishishidan ikki kun oldin AQShga jo‘nab ketgan edi.
Mavzuga oid
23:05 / 06.11.2024
Braziliyalik politsiyachi Interpol rahbarligiga saylandi
17:08 / 02.11.2024
Braziliyada kattaligi chumoliday keladigan qurbaqa topildi
09:30 / 21.10.2024
Braziliya prezidenti BRICS sammitiga parvozini bekor qildi
14:10 / 09.10.2024