Dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyalari ro‘yxati e’lon qilindi
Reytingda BAA, Niderlandiya va AQSh kompaniyalari yetakchilik qilmoqda.
Dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyalari reytingini Hamburgdagi JACDEC aviahodisalar byurosi ekspertlari taqdim etdi.
Xavfsizlik reytingi aviakompaniyalarning so‘nggi 30 yildagi avariyalari tarixi, ular ishlayotgan mamlakatdagi xavfsizlik darajasi va aviakompaniyaning o‘ziga xos xavf omillariga asoslanadi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball - 100.
Reytingda birinchi o‘rinni 95 ball to‘plagan Dubayning Emirates aviatashuvchisi egalladi. Yetakchilar orasida Niderlandiya, AQSh va Buyuk Britaniyaning aviakompaniyalari ham bor.
2022 yilda eng xavfsiz 15 ta aviakompaniya reytingi quyidagicha:
Emirates, BAA (xatar indeksi - 95,05)
KLM, Niderlandiya (93,31)
Jetblue Airways, AQSh (91,61)
Delta Air Lines, AQSh (91,55)
Easyjet, Buyuk Britaniya (91,28)
Air Canada, Kanada (90,90)
Southwest Airlines, AQSh (89,73)
Spirit Airlines, AQSh (89,73)
Ryanair, Irlandiya (89,41)
Qatar Airways, Qatar (89,24)
United Airlines, AQSh (88,52)
Sichuan Airlines, Xitoy (88,13)
Shenzhen Airlines, Xitoy (88,09)
British Airways, Buyuk Britaniya (87,99)
IndiGo, Hindiston (87,97)
Mavzuga oid
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024
2024 yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
17:47 / 15.10.2024