Jamiyat | 20:00 / 09.01.2023
9422
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: 2022 yilda ISO 45001, ISO 14001 xalqaro standartlari bo‘yicha 529 nafar mutaxassis o‘qitildi

“O‘zbekneftgaz”AJ tomonidan ish jarayonida halokat va baxtsiz hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida zarur choralar ishlab chiqilgan. Biroq yerosti zaxiralarini aniqlash, qazib olish, uni qayta ishlash jarayonlarida ishchi-xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan birgina xato, yo‘riqnomalarga amal qilmaslik, katta fojialarni keltirib chiqarishi ham ehtimoldan xoli emas. 

Shu sababdan bunday holatlarning oldini olish maqsadida jamiyat tomonidan xavfli obektlarda faoliyat olib boruvchi xodimlarning bilimlari oshirib boriladi.

Shuningdek, boshqarma va korxonalarda ISO 45001 (sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi) va ISO 14001 (ekologik menejment) xalqaro standartlari faoliyati doimiy tizimda yuritilishi nazoratga olingan va ushbu yo‘nalishida amaliy yordam berilmoqda.  

Xususan, 2022 yilda 29 ta boshqarma va korxonalarda mutaxassislariga ISO 45001 va ISO 14001 standartlarining “Ichki auditning amaliy jihatlari”, “Xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligining oltin qoidalari” mavzusida vebinar o‘tkazilib, ushbu vebinarda 529 ga yaqin mutaxassisning ishtiroki ta’minlandi.

Bundan tashqari, 

  • mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazida 39 nafar,
  • “UNG Trining” o‘quv markazi tomonidan 1 384 nafar hamda boshqa o‘quv markazlari tomonidan kasbiy xavfsizlik yo‘nalishlari bo‘yicha 4 157 nafar,
  • yong‘in xavfsizligi yo‘nalishlari bo‘yicha 30 nafar, 
  • birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha 33 nafar,
  • sanoat xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha 329 nafar xodimlar o‘qitildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid