Iqtisodiyot | 16:52 / 09.01.2023
28691
2 daqiqa o‘qiladi

Poytaxt budjeti tasdiqlandi – asosiy ko‘rsatkichlar 

2023 yilda “Tashabbusli budjet” loyihalariga tuman budjetlarining 5 foizi miqdorida, biroq kamida 6 mlrd so‘m mablag‘ rejalashtirilgan. Poytaxt budjeti – 6,4 trln so‘mni tashkil qiladi. Kun.uz Toshkent shahrining soliqlar, yig‘imlar, jarimalar va boshqa manbalardan daromadlari prognozini o‘tgan yil bilan solishtirib ko‘rdi (diagramma).

Toshkent shahrining 2023 yilgi budjeti tasdiqlandi. Bu haqda 2023 yil 4 yanvar kuni Toshkent shahar hokimining qarori E-qaror’ga joylashtirilgan.  

2023 yil uchun poytaxt budjeti 6,4 trillion so‘mni tashkil qiladi. Bu o‘tgan yilgi budjetga nisbatan 2 trln so‘mga ko‘proq.   

Toshkent shahar budjeti daromadlari 

Yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq Toshkent budjeti daromadlarining eng katta qismini tashkil qiladi – 932 mlrd so‘m.  

Keyingi o‘rinlardagi yirik daromadlar manbalari aylanmadan olinadigan soliq (788 mlrd so‘m),  jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i (751 mlrd so‘m) va yuridik shaxslarning yer solig‘i (714 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.  

Shuningdek, davlat bojidan tushumlar – 657 mlrd so‘m, jarimalar – 474 mlrd so‘m, yig‘imlar – 428 mlrd so‘m, xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar esa 100 mlrd so‘mni tashkil qiladi.  

Kun.uz poytaxt budjeti daromadlari prognozlarini 2022 yil bilan solishtirib ko‘rdi.  

2022-2023 yil uchun Toshkent shahar budjeti daromadlari prognozlari:

2023 yilda tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari uchun tuman budjetlarining 5 foizi miqdorida, biroq kamida 6 mlrd so‘m mablag‘ rejalashtirilgan.   

Tumanlar kesimida eng katta daromadlar va xarajatlar prognozi Mirzo Ulug‘bek tumaniga to‘g‘ri kelmoqda – 137 mlrd so‘m. Eng kami Bektemir tumanida – 60 mlrd so‘m. 

2-foto. 2023 yil uchun mahalliy budjetlarning daromadlari va xarajatlari prognozlari.

Mavzuga oid