O‘zbekiston | 15:54 / 09.01.2023
8201
1 daqiqa o‘qiladi

Sayyohlar mehmonxona va turizm obektlaridagi xizmat ko‘rsatish sifatini baholashlari mumkin

Foto: KUN.UZ

“Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi o‘zining rasmiy veb-saytida turistlarning joylashtirish vositalaridan qoniqish darajasini aniqlash uchun so‘rovnoma joriy qildi

So‘rovnomada umumiy ovqatlanish obektlari, ziyorat obektlari, ma’lumot beruvchi obektlar, ko‘ngilochar obektlar, transport, davolash-sog‘lomlashtirish obektlaridagi:

  • obekt xaritasi va lokatsiyasining mavjudligi;
  • obektning bezatilganligi;
  • internet aloqa;
  • narx siyosati;
  • sanuzel holati;
  • ibodat uchun imkoniyatlar;
  • xizmat ko‘rsatish tezligi;
  • ona va bola xonasining mavjudligi;
  • to‘lov qulayliklari bo‘yicha 1 dan 6 gacha bo‘lgan shkalada baholanadi.

Taklif va e’tirozlarni foto yoki videofayllar ko‘rinishida ham tizimga yuklash imkoniyati mavjud.

Shuningdek, sayyohlar quyidagi QR-kod orqali joylashtirish vositalari haqida o‘z baholarini berishlari mumkin:

Mavzuga oid