Eron Rossiyani dron bilan ta’minlash orqali urush jinoyatlariga sherik bo‘lishi mumkin - Oq uy
AQSh Tehronning harakatlarini shu pozitsiyadan ko‘rib chiqmoqda.
Eron Rossiyaga kamikadze dronlarini yetkazib bermoqda, ulardan Ukrainaning energetika va fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilishda foydalanilmoqda. Tinch aholiga qarshi bunday harakatlar urush jinoyatlari hisoblanadi. Tehron esa bunga sherik bo‘lishi mumkin.
Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivanning bu haqda jurnalistlarga bergan izohini Sky News keltirdi.
«Eron qurollari Ukrainada tinch aholini o‘ldirish va shaharlarni sovuq va zulmatga cho‘mdirish uchun qo‘llanmoqda, bu esa, bizning nuqtai nazarimizdan, Eronni keng ko‘lamli harbiy jinoyatlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan vaziyatga tushirib qo‘yadi», dedi u.
Rossiya Ukrainaga qarshi urushda Eronning «Shohid» dronlaridan «Geran-2» nomi ostida muntazam foydalanib kelmoqda. O‘z navbatida Tehron Rossiyaga harbiy yordam berayotganini rad qilib kelyapti.
6 yanvar kuni AQSh kamikadze dronlarini ishlab chiqaruvchi Eronning Qods Aviation Industries kompaniyasi rahbariyati va boshqaruv xodimlariga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
Mavzuga oid
22:37 / 07.10.2024
Slovakiya bosh vaziri Bryusselga «raketa zarbasi berishga» chaqirdi
22:33 / 07.10.2024
AQSh Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha tenderda ishtirok etish istagini bildirdi
22:07 / 07.10.2024
Eron Isroil hujumi sodir bo‘lgan taqdirda kamida 10 ta chora ssenariysini tayyorladi
13:00 / 07.10.2024