Jamiyat | 13:42 / 11.01.2023
8422
1 daqiqa o‘qiladi

SSV: Murojaatlarni tezkor hal qilish bo‘yicha vazirlikning rasmiy telegram boti ishga tushirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 2023 yil “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb e’lon qilingan.

Ushbu chora-tadbirlar doirasida sohada aholi murojaatlari bilan ishlashning intensiv shakllari amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Xususan, korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirish va fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida vazirlikning rasmiy telegram-boti — https://t.me/murojat_ssv_bot ishga tushirildi.

«Ushbu elektron platforma orqali qabul qilingan har bir murojaat qisqa muddatda ko‘rib chiqilib, ularga qonun doirasida tezkor yechim topish choralari ko‘riladi», deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid