O‘zbekiston | 11:30 / 13.01.2023
4323
2 daqiqa o‘qiladi

“Sovuqda avtobuslar qatnovi orasidagi intervalni uzaytirmaslik choralari ko‘rildi” – Toshshahartransxizmat

Poytaxtdagi yo‘lovchilarning transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun 12 yanvarda sayyohlar uchun mo‘ljallangan 20 ta MAN RR3 avtobuslari yo‘nalishlarga chiqarilgan.

Foto: Kun.uz

12 yanvarda avtobuslar dvigateli muzlab qolgani sabab Toshkent shahrida avtobuslar harakatida uzilishlar bo‘lgandi. Buning oldini olish uchun Toshshahartransxizmat qilinayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Xizmat ma’lumotiga ko‘ra, katta sig‘imli gaz yoqilg‘isida harakatlanuvchi avtobuslarning ta’minot tizimida texnik nosozliklarni tuzatish uchun avtobuslarga servis va joriy ta’mir xizmatlari ko‘rsatish talab darajasida tashkil etilgan.

“Hozirda 300 litr antigel, 1000 litr antifriz hamda 120 litr texnik spirt, 5000 litr dvigatel moyi suyuqliklari zaxirasi tayyorlab qo‘yilgan. Shuningdek, 199 ta shinalar, 106 ta akkumulyator va 2420 ta boshqa turdagi ehtiyot qismlar zaxirasi yaratildi. Avtobuslarning yo‘nalishda yuzaga kelgan nosozliklarini joyida tuzatish uchun 24 nafar texnik xodimlardan iborat 8 ta brigada tuzilgan. Ularga shatakka olishga mo‘ljallangan 16 ta maxsus texnik yordam avtomashinalari biriktirilgan”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, Toshshahartransxizmat 12 yanvar kuni 1044 dona avtobus yo‘nalishga chiqarilib, soat 8:35 da barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 1069 dona avtobuslar yo‘nalishga chiqarilganini ham ma’lum qilgan.

Mavzuga oid