O‘zbekiston | 08:21 / 14.01.2023
4651
1 daqiqa o‘qiladi

2022 yilda yerni o‘zboshimchalik bilan egallash bo‘yicha 18,5 mingta holat aniqlandi

2022 yilda respublika bo‘yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bo‘yicha 18 597 ta (6 307 gektar) holat aniqlandi. Bu haqda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Otamurodov ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock

Kadastr agentligi organlari tomonidan 18 389 ta (6 157,5 gektar) yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan 9 927 tasi (4 957,8 gektar) fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, 2 135 ta (15 130,4 gektar) holatda yerlardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanib, 1 919 ta (14 099,7 gektar) holatda hokimliklarga taqdimnomalar kiritilgan.

179 ta holatda (3 716,6 gektar) yer maydonlarining tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilishi ta’minlangan, 216 ta holatda (1 030,7 gektar) sudlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri da’vo kiritilgan.

Mavzuga oid