O‘zbekiston | 10:51 / 16.01.2023
2573
1 daqiqa o‘qiladi

Xavf darajasi yuqori mahsulot sertifikatlash organini tayinlash vakolati hukumatga berilyapti

Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarning sertifikatlash organini tayinlash vakolati Vazirlar Mahkamasiga berilmoqda. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov ma’lum qildi.

Senat tomonidan ma’qullangan «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish bilan birga, ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlar sifatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mahsulotning xavfsizligini nazorat qilish nafaqat korxonaning o‘zida, balki savdo nuqtalarida ham amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. 

Mahsulotlar xavflilik darajasidan kelib chiqib muvofiqligini tasdiqlash mexanizmi joriy etiladi. Ichki bozorda sotilayotgan mahsulotlar sifatini keng jamoatchilik ishtirokida nazorat xaridi orqali baholash tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

«Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonunga asosan xalqaro standartlarni qo‘llash natijasida laboratoriyalar xolisligi va betarafligi ta’minlanadi, sinov natijalari xalqaro maydonda tan olinishiga erishiladi.

Mavzuga oid