Sport | 16:45 / 17.01.2023
36836
8 daqiqa o‘qiladi

«Nasaf»ning Qatardagi yurishidan Osiyo O‘yinlarigacha. 2023 yilning eng muhim sport musobaqalari

Foto: Osiyo O‘yinlari

2023 yil sport olamida turli musobaqalar va nufuzli turnirlarga boy bo‘ladi. O‘zbek futbolida ham milliy jamoamiz, yoshlar jamoasi va klublarimiz uchun muhim bo‘lgan bahslar kuzatiladi. Muxlislarni deyarli har oyda qiziqarli va shiddatli o‘tishi kutilayotgan bahslar kutib turibdi. Quyida yangi mavsumning eng muhim sport musobaqalari hamda OFK va FIFA turnirlari taqvimi bilan tanishtiramiz.

O‘zbek sporti muxlislari yanvar oyida asosan klublarimizning OChL, Superliga, Pro liga bahslariga, O‘zbekiston yoshlar va olimpiya jamoasining esa Osiyo kubogi U-20 va Osiyo kubogi U-23 saralash bosqich o‘yinlariga tayyorgarlik doirasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlariga guvoh bo‘lishadi.

Fevral oyi boshida Marokashda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati start olsa, 19 fevraldan «Nasaf» Qatarda OChL-2022 pley-off bosqichida yurishini boshlaydi. Nimchorakfinal doirasida qarshiliklarni Saudiya Arabistonining «Ash-Shabob» klubi kutib turibdi.

Mart oyidan esa Toshkent va Farg‘onada yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi start olsa, yurtimiz bo‘ylab Superliga va Pro liga karvoni ham yo‘lga chiqadi.

Keyingi oylarda ham muxlislarni bir qator nufuzli turnirlar kutib turibdi. May oyida Toshkent boks bo‘yicha 2023 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Iyun oyida Qatarda futbol bo‘yicha Osiyo kubogi-2023 o‘tkazilishi belgilangan edi, ammo turnir 2024 yilning yanvar oyiga ko‘chirildi. Sentabr va oktabr oylarida esa Xitoyda Osiyo O‘yinlari-2023 turniri bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Yanvar

31 dekabr - 15 yanvar. Avtosport. «Dakar» rallisi.

11 - 29 yanvar. Gandbol. Erkaklar. Jahon chempionati (Polsha/Shvetsiya).

12 - 22 yanvar. XXXI Qishki Universiada (Leyk-Plesid, AQSh).

16 - 22 yanvar. Snuker. Gran-pri (Cheltnem, Angliya).

16 - 29 yanvar. Tennis. Australian Open (Melburn, Avstraliya).

23 - 29 yanvar. Figurali uchish. Yevropa chempionati (Espoo, Finlandiya).

Fevral

1 - 11 fevral. Futbol. Klublar o‘rtasida jahon chempionati (Marokash).

4 fevral. Shaybali hokkey. MXL. «Barcha yulduzlar» uchrashuvi (Sanrayz, Florida, AQSh).

8 - 19 fevral. Biatlon. Jahon chempionati (Oberxof, Germaniya).

12 fevral. Super Bowl LVII (Glendeyl, Arizona, AQSh).

19-26 fevral. OChL pley-off o‘yinlari (Qatar)

19 fevral. Basketbol. MBA. «Barcha yulduzlar» uchrashuvi (Solt-Leyk-Siti, AQSh).

21, 28 fevral. Futbol. Recopa Sudamericana (Ekvador, Braziliya).

Mart

1-18 mart. Futbol bo‘yicha Osiyo kubogi U20. Toshkent, Farg‘ona.

3 mart. O‘zbekiston Superligasi-2023 starti, 1-tur.

15 mart. O‘zbekiston Pro ligasi-2023 starti, 1-tur.

2 - 5 mart. Yengil atletika. Qishki Yevropa chempionati (Istanbul, Turkiya).

2 - 5 mart. Konkida yugurish. Alohida turlarda jahon chempionati (Herenven, Niderlandiya).

5 mart. Yengil atletika. Tokio marafoni (Tokio, Yaponiya).

5 mart. Formula-1. Bahrayn Gran-prisi (Saxir, Bahrayn).

19 mart. Formula-1. Saudiya Arabistoni Gran-prisi (Jidda, Saudiya Arabistoni).

20 - 26 mart. Figurali uchish. Jahon chempionati (Saytama, Yaponiya).

27 mart - 2 aprel. Snuker. Tour Championship (Xalli, Angliya).

Aprel

2 aprel. Formula-1. Avstraliya Gran-prisi (Melburn, Avstraliya).

7 - 30 aprel. Shaxmat. Jahon chempioni tituli uchun uchrashuv.

15 aprel - 1 may. Snuker. Jahon chempionati (Sheffild, Angliya).

17 aprel. Yengil atletika. Boston marafoni (Boston, AQSh).

23 aprel. Yengil atletika. London marafoni (London, Angliya)

24 aprel. Futbol. UYeFA O‘smirlar Ligasi. Final (Non, Shveytsariya).

30 aprel. Formula-1. Ozarboyjon Gran-prisi (Boku, Ozarboyjon)

May

1 - 14 may. Boks. Jahon chempionati (Toshkent, O‘zbekiston).

5 - 16 may. XXXII Sharqiy-Osiyo O‘yinlari (Pnompen, Kamboja).

7 may. Formula-1. Mayami Gran-prisi (Mayami, AQSh).

7 - 14 may. Dzyudo. Jahon chempionati (Doha, Katar).

12 - 28 may. Shaybali hokkey. Jahon chempionati (Tampere, Finlandiya/Riga, Latviya).

20 - 28 may. Stol tennisi. Jahon chempionati (Durban, JAR).

20 may - 11 iyun. Futbol. Jahon chempionati (U-20) (Indoneziya).

21 may. Formula-1. Emiliya-Romanya Gran-prisi (Imola, Italiya).

28 may. Formula-1. Monako Gran-prisi. (Monte-Karlo, Monako)

28 may - 10 iyun. Tennis. Rolan Garros (Parij, Fransiya).

31 may. Futbol. UYeFA Yevropa Ligasi. Final (Budapesht, Vengriya).

Iyun

4 iyun. Formula-1. Ispaniya Gran-prisi (Barselona, Ispaniya).

7 iyun. Futbol. UYeFA Konferensiyalar Ligasi. Final (Praga, Chexiya).

10 iyun. Futbol. UYeFA Chempionlar Ligasi. Final (Istanbul, Turkiya).

14 - 18 iyun. Futbol. UYeFA Millatlar Ligasi. To‘rtlar finali.

15 - 25 iyun. Basketbol. Ayollar. Yevropa chempionati (Isroil/Sloveniya).

16 iyun - 16 iyul. Futbol. Osiyo Kubogi, Qatar. (Turnir 2024 yilning yanvar oyiga qoldirilgan)

18 iyun. Formula-1. Kanada Gran-prisi (Monreal, Kanada).

21 iyun - 2 iyul. III Yevropa O‘yinlari (Krakov, Polsha).

21 iyun - 8 iyul. Futbol. Yevropa chempionati (U-21) (Ruminiya/Gruziya):

Iyul

2 iyul. Formula-1. Avstriya Gran-prisi (Shpilberg, Avstriya).

3 - 16 iyul. Tennis. Uimbldon turniri (Uimbldon, Angliya).

9 iyul. Formula-1. Buyuk Britaniya Gran-prisi (Silverstoun, Angliya).

14 - 30 iyul. Suv sporti turlari. Jahon chempionati (Fukuoka, Yaponiya).

23 iyul. Formula-1. Buyuk Britaniya Gran-prisi (Modrod, Vengriya).

30 iyul. Formula-1. Buyuk Britaniya Gran-prisi (Spa-Frankonshamp, Belgiya).

31 iyul - 6 avgust. Kamondan o‘q otish. Jahon chempionati (Berlin, Germaniya).

Avgust

8 - 22 avgust. Osiyo Chempionlar ligasi-2023/24. Saralash bosqichi.

16 avgust. Futbol. UYeFA Superkubogi.

19 - 27 avgust. Yengil atletika. Jahon chempionati (Budapesht, Vengriya).

23 - 27 avgust. Badiiy gimnastika. Jahon chempionati (Valensiya, Ispaniya).

25 avgust - 10 sentabr. Basketbol. Jahon chempionati (Indoneziya/Yaponiya/Filippin).

27 avgust. Formula-1. Niderlandiya Gran-prisi (Zandvort, Niderlandiya).

28 avgust - 10 sentabr. Tennis. US Open (Nyu-York, AQSh).

28 avgust - 16 sentabr. Voleybol. Yevropa chempionati (Italiya/Sh.Makedoniya/Bolgariya/Isroil).

Sentabr

2 - 17 sentabr. Og‘ir atletika. Jahon chempionati (Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni).

3 sentabr. Formula-1. Italiya Gran-prisi (Monsa, Italiya).

3 - 10 sentabr. Eshkak eshish. Jahon chempionati (Belgrad, Serbiya).

8 sentabr - 21 oktabr. Regbi. Jahon chempionati (Fransiya).

16 - 24 sentabr. Erkin va yunon-rum kurashi. Jahon chempionati (Belgrad, Serbiya).

17 sentabr. Formula-1. Singapur Gran-prisi (Marina-Bey, Singapur).

23 sentabr - 8 oktabr. XIX Yozgi Osiyo O‘yinlari (Hanchjou, Xitoy).

24 sentabr. Formula-1. Yaponiya Gran-prisi (Suzuka, Yaponiya).

24 sentabr. Yengil atletika. Berlin marafoni (Berlin, Germaniya).

Oktabr

8 oktabr. Formula-1. Qatar Gran-prisi (Lusail, Qatar).

8 oktabr. Yengil atletika. Chikago marafoni (Chikago, AQSh).

20 oktabr - 5 noyabr. Panamerika O‘yinlari (Santyago, Chili).

22 oktabr. Formula-1. AQSh Gran-prisi (Ostin, AQSh).

29 oktabr. Formula-1. Meksika Gran-prisi (Mexiko, Meksika).

Noyabr

3 - 5 noyabr. Dzyudo. Yevropa chempionati (Monpele, Fransiya).

5 noyabr. Formula-1. San-Paulu Gran-prisi (San-Paulu, Braziliya).

5 noyabr. Yengil atletika. Nyu-York marafoni (Nyu-York, AQSh).

8 - 13 noyabr. Tennis. Billi Jin King Kubogi. Final (Glazgo, Shotlandiya).

10 noyabr – 2 dekabr. Futbol. Jahon chempionati (U-17). Peru.

12 – 19 noyabr. Tennis. ATR yil yakuniy turniri (Turin, Italiya).

18 noyabr. Formula-1. Las-Vegas Gran-prisi (Las-Vegas, AQSh).

22 - 26 noyabr. Tennis. Devis Kubogi. Final (Malaga, Ispaniya).

26 noyabr. Formula-1. Abu-Dabi Gran-prisi (Abu-Dabi, BAA).

Dekabr

26 dekabr - 5 yanvar. Shaybali hokkey. Yoshlar o‘rtasida jahon chempionati (Shvetsiya).

Mavzuga oid