2022 yilda «Vaqf» fondi tomonidan 11,5 mlrd so‘m xayriya sifatida sarflandi
Eng ko‘p mablag‘ aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Bu haqda «Vaqf» fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov ma’lum qildi.
«2022 yilda fond tomonidan xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan mablag‘lar hamda homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan moddiy ko‘rinishdagi ehsonlar bilan qo‘shib hisoblaganda jami 11,5 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ xayriya sifatida sarflandi», dedi u.
Sarflangan mablag‘lar quyidagicha taqsimlangan:
- Diniy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun – 87 217 520 so‘m;
- Diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun – 1 294 110 000 so‘m;
- Masjidlar qurilishi uchun – 436 960 000 so‘m;
- Masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun – 451 656 250 so‘m;
- Nochor, ko‘makka muhtoj fuqarolarga turli moddiy ko‘rinishda berilgan yordamlar uchun – 2 783 275 801 so‘m;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun – 285 962 000 so‘m;
- Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun 4 346 902 000 so‘m;
- Turli xayriya tadbirlari uchun – 1 446 938 600 so‘m;
- Viloyat vakilliklarining ma’muriy xarajatlari uchun berilgan moddiy yordam – 131 257 000 so‘m;
- Aholi uchun toza ichimlik suvi chiqarishga – 299 378 530 so‘m;
- «Qur’oni karim va tajvid» kursi tinglovchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun – 10 800 000 so‘m.
Bundan tashqari, yil davomida ichimlik suvi tanqis bo‘lgan turli hududlar, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 ta, Qashqadaryo viloyatida 6 ta, Farg‘ona viloyatida 2 ta, Toshkent viloyatida 1 ta jami 15 ta artezian va minorali suv inshootlari barpo etilib, aholiga xayriya sifatida taqdim etilgan.
Shuningdek, «Vaqf ko‘magi» loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatining har birida 30 tadan jami 60 ta qandolatchilik, tikuvchilik va hunarmandlik kasbiga ega ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilaga qiymati 215 623 000 so‘mlik kerakli asbob-anjomlar xayriya qilinib, ish bilan ta’minlangan.
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024