O‘zbekiston | 09:46 / 18.01.2023
9041
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda avtobus haydovchisi sodir etgan YTHda 7 ta mashina shikastlandi

Haydovchi uxlab qolgan va ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan avtobus AYoQShda yoqilg‘i olish uchun navbatda turgan mashinalar bilan to‘qnashgan.

Videodan kadr

Jizzax shahrida avtobus haydovchisi uxlab qolib sodir etgan yo‘l-transport hodisasida yettita mashina shikastlandi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2023 yil 17 yanvar kuni soat 21:00 larda Jizzax shahar Mustaqillik shohko‘chasida sodir bo‘lgan.

“ANKAI” rusumli “Jizzax avtotrans servis” MChJga qarashli yo‘lovchi tashuvchi avtobusni boshqarib ketayotgan haydovchi A.N. harakat davomida charchoq tufayli uxlab qolgan.

Oqibatida u rul boshqaruvini yo‘qotib, avtobus AYoQShda navbat kutib to‘xtab turgan yettita mashinaga shikast yetkazgan.

  • haydovchi Q.A.ga tegishli Damas;
  • haydovchi T.K.ga tegishli Nexia-2;
  • haydovchi T.U.ga tegishli Nexia-2;
  • haydovchi Z.Sh.ga tegishli Cobalt;
  • haydovchi X.A.ga tegishli Nexia-3;
  • haydovchi U.S.ga tegishli Nexia-2;
  • haydovchi R.I.ga tegishli bo‘lgan Lacetti mashinalari bilan to‘qnashgan

Hodisada Damas yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan va uning haydovchisi Q.A.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, YTH yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid